O’zbekiston yangiliklari

O’zbekiston Prezidenti Ramazon hayiti kuni bemorlar holidan xabar oldi

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 20-iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to’g’risida”gi qaroriga binoan ushbu ayyom ezgulik, xayru saxovat ruhida o’tmoqda. Keksalar, bemorlar holidan xabar olinmoqda. Ana shu an’anaga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko’rdi.

Mintaqalararo hamkorlik to’g’risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

2017-yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi davomida 2017-yil 23-mart kuni Ostona shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi.

Prezident iqtisodiyotni rivojlantish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazdi

Shu yilning 4 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasining Kommunal xizmatlar, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi hamda Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat

Shavkat Mirziyoyev Sergelida uy-joylar qurilishi bilan tanishdi

Bugun Sergeli tumanining 6-mavzesi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda 66 ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Ular Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi. Mazkur turar joylar tufayli 2 ming 500 dan ziyod oila yangi uyga ko‘chib o‘tadi.